Navoiyda zakovatlilar “Zakovat”da bellashdi
Navoiy shahridagi “Yoshlar marazi”da “Zakovat” breyn-ring turnirining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Saralash bosqichida ishtirok etish uchun 80 ga yaqin yakka tartibda tuzilgan hamda jamoaviy guruhlar ishtirok etdi.
Dastavval 8 ta guruhda 10 tadan jamoa keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘zaro kuch sinashdi. Ularning orasidan esa eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan 4 tadan jamoa keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Keyingi bosqichda esa 8 ta guruhdan birinchilikni egallagan jamoalar chorak finalda bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan uchrashuvlarda 17-, 90-, “Irfon” va “Orzu” jamolari yarim finalga yo‘l oldi.
O‘zaro bahslarga ko‘ra, “Irfon” va “Orzu jamolari finalda, 17- va 90- jamolari esa 3-o‘rin uchun kurashadi.
Ular avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan respublika intellektual haftalik doirasida g‘oliblik uchun bellashadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin yakunida birinchi o‘rinni olgan jamoaga 100 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 20 million so‘m, uchinchi o‘ringa esa 10 million so‘m pul mukofoti topshiriladi.
Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA