Navoiyda polvonlar bellashdi
Navoiy shahrida kurash bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimlarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqada yuzdan ziyod ishtirokchi 7 vazn toifasida gilamga tushdi.
[gallery-13935]
Barcha vaznlar bo‘yicha umumjamoa hisobida 3-o‘rinni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni Navoiy viloyati FVB hamda faxrli 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati vakillari qo‘lga kiritdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7zeuIQe0fYg" title="Навоийда полвонлар беллашди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA fotomuxbiri
Siroj Aslonov olgan suratlar