Navoiyda “Drift show” bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda turizm sohasini strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni yurtimiz turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida ham bu borada salmoqli ishlar bajarilmoqda.
[gallery-12996]
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “DRIFT SHOW CARAVAN” loyihasi viloyatda turizm sohasini jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu loyihani viloyatda amalga oshirish orqali qo‘shni davlatlar bilan avto-moto turizmi yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro do‘stlik va yaqinlik munosabatlarini mustahkamlash, yosh avlod vakillari orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, ularni sport turizmiga qiziqtirish, o‘zaro madaniy yaqinlashuvga erishish maqsad qilingan.
Loyiha doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilgan “Drift show”ga respublikamiz hududidan 20 ming nafar aholi tashrif buyurdi. Shouda driftga moslashgan 60 ta avtomobil chiqish qildi. Bundan tashqari, Xitoy hamda Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan avto driftchilarning namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA