Navoiy viloyati qisqa satrlarda
Mental arifmetika, ingliz va rus tillari chuqurlashtirib oʻrgatiladigan ushbu MTTda hududdagi 10 nafar xotin-qizning ish bilan bandligi taʼminlandi.
Bolajonlar uchun munosib tuhfa
Qiziltepa tumanida tadbirkor Mirzohid Toshev tomonidan “Istiqlol farzandlari” deb nomlangan davlat-xususiy sherikchiligi asosida 4-guruh (1 ta tayyorlov, 2 ta oʻrta va 1 ta ilk yosh)da 70 nafar bolajonlar taʼlim-tarbiya olishiga moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Mental arifmetika, ingliz va rus tillari chuqurlashtirib oʻrgatiladigan ushbu MTTda hududdagi 10 nafar xotin-qizning ish bilan bandligi taʼminlandi.
****
Tomdi tumanida maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi

Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFYda joylashgan tuman MTBga qarashli 4-sonli “Aray" nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshladi.
Ushbu yangi bino “Tosh nur invest” xususiy korxonasi tomonidan zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida barpo etilib, qurilish ishlariga 2 mlrd. 439 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.
***
“Har bir yoshga bir gektar” loyihasi oʻz natijasini beryapti

Nurota tumani hokimligi tomonidan “Avazsoy” mahallasidagi “Gumbaz” aholi punkti hududidagi lalmi yerlardan 20 gektari 13 nafar yoshga hamda mahalliy dehqonlarga foydalanish uchun 1 gektardan boʻlib berilgan edi.
“Har bir yoshga bir gektar” loyihasi oʻz samarasini berdi: mineral oʻgʻitlarsiz yetishtirilgan, qishda saqlanadigan tarvuzlarning hosili moʻl boʻldi.
Yoshlar bugun hosildan gektariga 15-20 mln soʻm daromad qilishni koʻzlab turishibdi.
***
Professor - oʻqituvchilar oʻz fanlari bilan birga chet tilini ham bilishlari kerak
Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakultetida Buyuk Britaniyaning Change Academy (Oʻzgarishlar maktabi) dasturi doirasida yaratilgan “INPRODEC” loyihasining ishchi guruhi tomonidan trening tashkil etildi.
Trening mashgʻulotidan koʻzlangan asosiy maqsad OTM professor-oʻqituvchilarini loyiha ishi bilan yaqindan tanishtirish, kelajakda kasbiy rivojlanish markazi faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish hamda boʻlajak oʻquv kurslarining kontentini shakllantirish uchun oʻqituvchilarning fikr-mulohazalari, ehtiyojlari, talab va takliflari bilan yaqindan tanishishdan iborat edi.
Ushbu trening mashgʻulotiga asosan turli nolisoniy fanlarni chet tilida oʻqituvchi professor-oʻqituvchilar jalb etildi. Professor-oʻqituvchilarning bu tarkibini saralab olishdan asosiy maqsad ularning oʻz fanlari bilan birga chet tilini ham bilishidir.