Navoiy shahriga hokim tayinlandi
TayinlovNavoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi 229-5-0-Q/26-sonli qaroriga asosan, Islomov Bobir Husnidinovich Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi.
Bobir Islomov 1981-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan. U 2003-yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar B.Islomov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zA