NATO Yevropada navbatdagi logistika markazini ochmoqchi
2026 yil yanvar oyida Ruminiyada NATOning yangi logistika markazi ochiladi. “Defense Express” xabar berishicha, u Ukraina uchun qurol tranzitini muvofiqlashtiradi.
Nashrning ta’kidlashicha, Ruminiya markazi Polshaning Jeshuvedagi markazi bilan birgalikda ishlaydi. Yangi markaz NATOga o‘z sheriklari tomonidan Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollarning tranzit hajmini, shu jumladan “PURL” mexanizmi orqali ikki baravar oshirish imkonini beradi.
Ekspertlar fikricha, ikkinchi markazning tashkil etilishi zarur bo‘lgan havo mudofaasi tizimlari, raketalar va o‘q-dorilarni barqarorroq yetkazib berishni ta’minlaydi.
S.Rahimov, O‘zA