NATO Ukrainaga 70 milliard yevrolik qurol ajratadi
7-8-iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATOning yillik sammitida ittifoq mamlakatlari Ukrainaga 70 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish taklifini ma’qullashga tayyorlanmoqda. Qo‘shma Shtatlar bu dasturda ishtirok etmaydi.
Shu tariqa Ukrainaning umumiy mudofaa qiymati Rossiya xarajatiga qariyb yetkaziladi. Hech bo‘lmaganda, Moskvaning shu yilgi byudjetiga tenglashtiriladi. Ukraina bu pulni tezkor sur’atda sarflamoqchi.
Garchi, ayrim tafsilotlar hali o‘zgarishi mumkin bo‘lsa-da, NATO elchilari rahbarlarning qo‘shma bayonoti bo‘yicha deyarli kelishib olgan. Bu haqda Alyans mamlakatlari vakillari, besh nafar diplomat “Politico” nashriga ma’lum qildi.
S.Rahimov, O‘zA