Narpaylik paxtakorlar Samarqandda birinchi
Narpay tumani paxtakorlari Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib yillik shartnoma majburiyatini bajardi.
Joriy yilda tumandagi 247 fermer xo‘jaligi “Maroqand sifat” klasteri bilan shartnoma asosida 9021 gektar maydonda g‘o‘za parvarishladi. Yil davomidagi mehnat samarasida bir oy ichida 35 ming 318 tonnalik ulkan paxta xirmoni yaratildi.
“Vahob Ravshanov”, “Agro g‘alla”, “Nafisgul orzu”, “Qora qipchoq”, “Narpay Ravshanbek dalalari”, “Shukur Jabborov”, “Abdusalom Hushmatov” fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 39-45 sentnerni tashkil etdi.

13 oktyabrga qadar Samarqand viloyatida yillik shartnoma rejasining 93,8 foizi (248 ming 600 tonna) miqdorida hosil yig‘ishtirib olingan.Viloyat paxtakorlari marra sari tobora yaqinlashmoqda.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri.