Namanganda voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi bahslari o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 16–21 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvlar davomida sportchilar mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.
[gallery-30610]
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida g‘olib hamda sovrindor jamoalar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Viloyat chempioni bo‘lgan jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA