Namanganda shashka bo‘yicha respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yoshlar ziyo maskani”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha 16–21, 22–26 va 27–30 yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida respublika final bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov ishtirok etib, musobaqaning yoshlar o‘rtasida shashka sport turini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar ishtirok etdi.
[gallery-30455]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16–21 yosh toifasida Begzod Xalilov (Buxoro viloyati) birinchi, Ilxon Jiyenboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ikkinchi, Ziyodbek Mirzahmadov (Namangan viloyati) uchinchi o‘rinni egalladi.
22–26 yosh toifasida Suxrobbek Yarashev (Qashqadaryo viloyati) g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Shukrullo Abdumajidovga (Andijon viloyati), uchinchi o‘rin Hamro Rahmonovga (Buxoro viloyati) nasib etdi.
27–30 yosh toifasida Abdumalik Abdukaromov (Sirdaryo viloyati) birinchi, Doston Sobirov (Navoiy viloyati) ikkinchi, Bahodir Mirzahmadov (Namangan viloyati) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Buxoro viloyati birinchi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari ikkinchi, Andijon va Navoiy viloyatlari uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA