Namanganda «PREZIDENT CUP» musobaqasiga start berildi
FOTOREPORTAJ
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, xususan Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ko‘plab musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, Namangan joriy yilning o‘zida bir qator nufuzli turnirlarga mezbonlik qiladi.
[gallery-10967]
Yangi Namangan tumanida joylashgan «Pahlavon» sport majmuasida Taekvondo WT bo‘yicha «PREZIDENT CUP» kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 150 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bellashadi.
Musobaqaning ochilish marosimida Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev ishtirok etib, sportchilarga omad va zafar tiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA