Namanganda bayram yarmarkalari tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida Mustaqilligimizning 30-yilligi bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi “Chorsu” dehqon bozori, “Sardoba”, “Yashil bozor”larda fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlarida yetishtirilgan mahsulotlarini shaharliklar dasturxoniga arzon va sifatli yetkazib bermoqda.
[gallery-3744]
Mazkur savdo yarmarkalarida hududiy ta’minot korxonalari tomonidan qoramol go‘shti, qo‘y go‘shti, yarim tayyor tovuq go‘shti, tuxum, baliq, shuningdek, kartoshka, piyoz, shakar, asal, meva, dukkakli mahsulotlar, salqin ichimliklar sotilmoqda.
Xuddi shunday, arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari viloyatning har bir tumani markazlarida ham tashkil etilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA