Nafaqa oluvchilar soni 712 ming 618 nafarga yetgan
Mamlakatimizdagi mavjud tartibga ko‘ra, kam ta’minlangan oiladagi farzandga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nafaqa hamda moddiy yordam tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.
2025 yil 1 mart holatiga pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilar soni 712 ming 618 nafarni tashkil etib, joriy yilning boshiga nisbatan 15 ming 465 nafarga ko‘paygan.
Nogironlik nafaqasini oluvchilar – 315 ming 12 nafar, parvarishlash nafaqasini oluvchilar – 75 ming 390 nafar, yoshga doir nafaqa oluvchilar – 86 ming 482 nafar, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar – 56 ming 805 nafardan iborat.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasini oluvchilar – 171 ming 380 nafar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam oluvchilar - 7 ming 549 nafarni tashkil etadi.
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasini oluvchilar – 171 ming 380 nafar, nogironlik nafaqasini oluvchilar – 315 ming 12 nafar hamda parvarishlash nafaqasini oluvchilar – 75 ming 390 nafar ekani ma’lum bo‘lgan.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA