Myanma fojiasi raqamlari soat sayin o‘zgaryapti
Myanma davlatida yuz bergan halokatli zilzilaning ayanchli oqibati haqidagi qayg‘uli ma’lumotlar, afsuski, soat sayin emas, daqiqalar o‘tib yangilanmoqda. Hozirgina TASS AFP axborot agentligiga tayanib, aniqlangan qurbonlar soni 1000 dan oshganini yozdi.
Atigi yarim soat oldingi “Myanmar Now” portali xabarida esa hayotdan ko‘z yumganlar 800 nafarligi ko‘rsatilgan. Ertalab ikki soatcha avval esa “France-Presse” zilzila natijasida 694 inson halok bo‘lgani, 1 670 kishi jabrlanganini ma’lum qilgandi.
Albatta, yirik tabiiy ofatlar uchun bu tabiiy holat. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti, Vayronalar ostidan odamlar peshma-pesh olib chiqilyapti va qurbonlar, jabrdiydalar ro‘yxati kengaymoqda.