“Mustaqilliksoati” o‘quv-seminari tashkil etildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashgatayyorgarlikko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”giqarorida belgilanganvazifalar doirasida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminari tashkil etildi.
Yosh avlodni Vatanga sadoqat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘quv-seminari davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar, yoshlaruchun yaratilayotganimkoniyatlarva davlat taraqqiyotiningustuvor yo‘nalishlarihaqida ma’lumotlarberildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i T.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov va boshqa so‘zga chiqqanlar tomonidan mustaqillikxalqimiz uchun eng ulug‘ ne’mat ekani, uningzamirida tinchlik, osoyishtalik, milliy qadriyatlar va farovon hayot mujassam ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda mustaqillikning tarixiy ahamiyati, milliy davlatchilikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotganbunyodkorlikishlari ko‘rsatib o‘tilib, ishtirokchilar o‘zaro fikr almashildi. Xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar ijrosidagi ona Vatan haqidagi qo‘shiqlar ishtirokchilargamilliy g‘urur va iftixor bag‘ishladi.
“Mustaqillik soati” o‘quv-seminari yoshlar o‘rtasida mustaqillikniasrash, uningqadriga yetish va Vatan taraqqiyotiyo‘lida sidqidildanxizmat qilish muqaddas burch ekanini chuqur anglash, shuningdek, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.