“Mustaqillik kubogi” qizg‘in va murosasiz kechmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasi tashkil etilgan mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.
22 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan guruh bosqichi uchrashuvlarida har bir jamoa yuqori tayyorgarlik va jamoaviy o‘yin namoyish etmoqda. Maydonda esa keskin va murosasiz raqobat kechmoqda.
Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki jurnalistlar o‘rtasida hamjihatlik, do‘stona munosabat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
[gallery-29241]
Ayni paytda guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvlari davom etmoqda. Jamoalar pley-off bosqichiga chiqish uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan. Final bahslari 8-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA