"Muruvvat uyi" tarbiyalanuvchilariga sovg‘a ulashildi
Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga beg‘ubor orzu-umidlar, mehr-oqibat va yangi marralar olib kelishini intiqlik bilan kutadi. Respublikamiz bo‘ylab Yangi yil bayrami arafasida turli tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.
«Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi rahbariyati Olmazor tumanidagi 1-sonli “Muruvvat uyi”ga tashrif buyurib, bolajonlarga quvonch ulashdi.




"Muruvvat uyi" tarbiyalanuvchilari esa o‘zlari yodlagan she’r-qo‘shiqlar bilan mehmonlar ko‘nglini xushnud etishdi.
Uchrashuv so‘ngida bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA