Murg‘ak qalblar bilan samimiy muloqot (+video)
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 9-ko‘p tarmoqli maktab-internatida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Mirsaid Shukurov ishtirokida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Dastlab polkovnik yurtimizda yosh avlodga, jumladan, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning ta’lim olishi, bilim va iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Suhbat samimiy muloqot tarzida kechdi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan yurt posboniga murojaat qildi. Muhimi, muloqot davomida bolajonlar o‘zlarini e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida his etdi.
[gallery-31470]
Termiz garnizoni harbiy orkestrining ishtiroki tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi. O‘quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi.
Uchrashuv so‘ngida harbiylar bolajonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA