Murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda
Yurtimizda tibbiyot tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda.
Keyingi paytlarda viloyat va tuman markazlarida ham qator murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o‘tgan yillar davomida Zarafshon shahri va Qiziltepa tumanlarida buyrak ko‘chirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaqinda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
78 yoshli bemor 5 oy davomida oyoqlarida holsizlik seza boshlagan, oxirgi 2 oy davomida oyoqlar umuman harakatsiz holatga kelgan. Bemor tekshirilganda orqa miya sohasida o‘sma aniqlangan.
Oliy toifali neyroxirurg Dilshod Berdiyev tomonidan jarrohlik amaliyoti bajarilib, orqa miya o‘smasini to‘liq olib tashlashga erishildi.
Hozirda bemor oldingi hayotiga qaytgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri