“Muqaddima” – milliy badiiy kulolchilik sanatimiz namoyishi
FOTOREPORTAJ
Andijon davlat universitetida milliy kulolchilik san’atining boy an’analarini targ‘ib etish, yoshlarda milliy san’atga bo‘lgan qiziqish va hurmatni mustahkamlash maqsadida Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi o‘qituvchisi Diyora Soliyevaning “Muqaddima” nomli milliy badiiy kulolchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazma ochilishida taniqli rassom va kulollar, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ijodkorning yaqinlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar kulolchilik san’ati xalqimizning qadimiy va bebaho madaniy meroslaridan biri ekani, unda milliy qadriyatlar, estetik did va ajdodlar ma’naviyati mujassam ekanligini alohida ta’kidladi.
[gallery-29496]
Ko‘rgazmada ishtirokchilar ijodkorning milliy an’analarni zamonaviy badiiy yondashuv bilan uyg‘unlashtira olganini yuqori baholadi. Ayniqsa, asarlardagi ranglar uyg‘unligi, shakl va naqshlarning nafisligi, milliy ruh va estetik didning chuqur ifodasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ta’kidlanganidek, bunday ko‘rgazmalar milliy amaliy san’atni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodning madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA