Munosabat: Beruniy tumanida 32 fermerga jarima solingan(mi?)
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Beruniy tumanida 32 fermerga jarima solingan. Moliyaviy jazo to‘g‘ri qo‘llanganmi?” mavzusidagi xabar yuzasidan munosabat bildirildi.
Mazkur xabarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Agroinspeksiya tuman bo‘limi tomonidan 32 nafar fermerga asossiz jarima solingani aytilgan.

Bu bo‘yicha Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan munosabat bildirildi. Unda “inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi tomonidan Beruniy tuman irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasiga asos Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakili devonini xabardor qilish yo‘li bilan noqonuniy suvdan foydalanganligi uchun fermer xo‘jaliklarida xabardor qilish yo‘li bilan tekshirish ishlari olib borilgan.
Tekshirish ishlari davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 74-modda 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar ushbu kodeksning 245-modda 7-qismiga muvofiq ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborildi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda sudlar tomonidan chiqarilishini ma’lum qilamiz”, deyilgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA