Multiindikator klaster kuzatuvi nima?
Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar salomatligini asrab-avaylaş, ularning taʼlim olişi, ijtimoiy holatini tubdan yaxşilaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu yönalişdagi amaliy saʼy-harakatlar özini qay darajada oqlayotgani, qanday natijalarga erişilayotgani haqida batafsil biliş va kelgusidagi vazifalarni belgilab oliş uçun statistik maʼlumotlar muhim örin tutadi.
Şu maʼnoda Vazirlar Mahkamasining şu yil 14-oktabrda kuçga kirgan “2027-2028-yillarda Özbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini ötkaziş töğrisida”gi qarori bu borada alohida ahamiyatga ega.
Mazkur qaror respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholaş maqsadida qabul qilingan bölib, unda qator vazifalar öz aksini topgan.
Avvalo, multiindikator klaster kuzatuvi nima? «Multiindikator klaster kuzatuvi» (Multiple Indicator Cluster Survey — MICS) BMTning Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) tomonidan işlab çiqilgan, mamlakatda bolalar, ayollar va oilalarning yaşaş şaroitini örganişga qaratilgan xalqaro statistik tadqiqot dasturi hisoblanadi.
Uşbu loyiha aholining turmuş darajasi, bolalar salomatligi, taʼlim olişi va ayollarning ijtimoiy holati haqida işonçli maʼlumotlar töplaş uçun ötkaziladi. Jumladan, bolalarning soğliği va rivojlaniş holatini örganiş, ayollarning salomatligi va ijtimoiy ahvolini baholaş, maktabgaça va maktab taʼlimi qamrovini aniqlaş, oilalarning yaşaş şaroiti va moddiy taʼminotini örganiş, aholiga körsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini baholaş kabilar loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qaroriga köra, «Multiindikator klaster kuzatuvi» loyihasini amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi hamda YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda iş olib boradi.
Xususan, global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq, kuzatuv rejasi va byudjeti tasdiqlanadi. Kuzatuvga tayyorgarlik köriladi va şu asosda ötkaziladi. Jumladan, 2027-yil noyabriga qadar xonadonlarda yuzma-yuz sörovlar ötkaziladi. 2028-yil martga qadar maʼlumotlar tahlil qilinadi. 2028-yil iyun oyiga qadar hisobot tayyorlanadi va iyul oyigaça natijalar eʼlon qilinadi.
Taʼkidlaş lozimki, mazkur dastur doirasidagi kuzatuvlar natijasida qaysi hududlarda bolalar kamroq emlanişi, qaysi hududlarda maktabgaça taʼlim qamrovi pastligi, oilalarning tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlari, bolalar orasida oziqlaniş bilan boğliq muammolar mavjudligi aniqlanadi. Bu esa soğliqni saqlaş, taʼlim va ijtimoiy himoya sohalarida qanday yangi çora-tadbirlar köriş kerakligini körsatadi.
Bu borada hukumat qarorida ham Soğliqni saqlaş vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi kuzatuv natijalaridan kelib çiqqan holda, tegişli yönalişlarni rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar işlab çiqişi belgilab berilgan. Demak, uşbu dastur asosida töplanadigan maʼlumot va faktlar bolalar, ayollar va oilalarni yanada qöllab-quvvatlaş hamda ularga zarur şart-şaroitlarni yaratişda muhim örin tutadi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA