Mukofot o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati davlat va jamiyat hayotida faollik ko‘rsatgan bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida namanganlik Buayshaxon Isroilova ham bor.
Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchkurgan Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “John Deere” paxta terim kombayni mexanizatori B. Isroilova davlatimizning yuksak mukofoti – “Shuhrat” medaliga munosib ko‘rildi.
Kuni kecha tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu mukofotni Buayshaxon Isroilovaga tantanali ravishda topshirdi.
[gallery-16554]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA