Muhammad Sarvar boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda
Pokiston Islom Respublikasi Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimi Botir Zaripov kutib oldi.
Tashrif davomida Buxoro va Panjob viloyatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama etiladi. Shuningdek, martabali mehmonlar Ko‘hna va boqiy Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.
[gallery-5656]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov surat, O‘zA