Muhammad Saloh: “Biz tarix yaratmoqdamiz”
Men doim jamoadoshlarimga bunday lahzalardan zavqlanish kerakligini aytaman.
Mohamed Saloh JCH–2026 1/16 finalida Avstraliya milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bahsda Misr terma jamoasi penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustun keldi.
"Hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalash qiyin. Men har safar terma jamoa libosini kiyganimda cheksiz faxrni his qilaman va bundan ortiq meni hech narsa baxtli qila olmaydi. Bu hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri, chunki biz tarix yaratmoqdamiz.
Maydonda bor kuchimni berdim va og‘riqqa qaramay o‘ynadim. Chunki vatan uchun aynan shunday kurashish kerak. Jamoamiz bilan faxrlanaman.
Men doim jamoadoshlarimga bunday lahzalardan zavqlanish kerakligini aytaman. Buni oddiy holat deb qabul qilish mumkin emas. Misr necha marta jahon chempionatida qatnashganini bilmayman, ammo ilgari hech qachon guruh bosqichidan o‘ta olmagan edik. Endi esa keyingi bosqichga chiqdik. Bu rostdan ham zavqlanishga arziydigan lahza", — dedi Saloh.
Misr milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida 7-iyul kuni Argentinaga qarshi maydonga tushadi.