Muammo bartaraf etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro V.J. Xo‘jayli tumani hududida joylashgan “RMZ” mas’uliyati cheklangan jamiyatining oyna ishlab chiqarish sexiga 2025-yil dekabr oyida mahsulot xaridi uchun 5 million 440 ming so‘m to‘lagan.
Biroq, oynalar shu kungacha yetkazib berilmagan. Iste’molchi ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, yordam berishini so‘ragan.
Murojaat Xo‘jayli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, sex xodimlariga qonun va qonunosti hujjatlari asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining bir yildan ortiq vaqt davom etgan muammosi ijobiy hol etildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.