Misrlik olim Navoiy viloyati hokimiga maslahatchi bo‘ldi
Misr Arab Respublikasi Cho‘l tadqiqotlari markazi (Desert Research Center — DRC) Ekologiya va qurg‘oq hudud dehqonchiligi bo‘limi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ahmad Abd El-Ati Navoiy viloyati hokimining maslahatchisi sifatida ish boshladi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur kelishuv Navoiy viloyati hokimining Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshirilgan.

Ahmad Abd El-Ati viloyatda mahalliy mutaxassislarga cho‘llanishga qarshi kurashish, yaylovlardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribalarni o‘rgatib, cho‘l hududlarini o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik uchun ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishlarida ish olib boradi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri