Misrda 14 nafar jangari qoʻlga olindi
Sinay yarim oroli shimolida Misr ichki ishlar vazirligi kuchlari tomonidan 14 nafar jangari qoʻlga olindi, ular bu yerda terakt sodir etmoqchi boʻlgan, deb xabar beradi mahalliy “Al-Vatan” nashri.
Sinay yarim oroli shimolida Misr ichki ishlar vazirligi kuchlari tomonidan 14 nafar jangari qoʻlga olindi, ular bu yerda terakt sodir etmoqchi boʻlgan, deb xabar beradi mahalliy “Al-Vatan” nashri.
Gazetada aytilishicha, maxsus amaliyot davomida jangarilarning sakkiztasi yoʻq qilingan. Maʼlumot uchun, Misrda bu hududda shu yilning fevralidan buyon terror tahdidiga qarshi maxsus amaliyot oʻtkazib kelinmoqda va oʻtgan oylar davomida 500 ga yaqin jangari qoʻlga olingan.