Mirzaalimov Navruzbek Alisher o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi to‘g‘risida
«Kremniy quyosh elementlari asosida 3D formatli fotoelektrik modullarni ishlab chiqish» mavzusida
Mirzaalimov Navruzbek Alisher o‘g‘lining 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha «Kremniy quyosh elementlari asosida 3D formatli fotoelektrik modullarni ishlab chiqish» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.T.106.02 raqamli Ilmiy kengashining 2023-yil 29-dekabr soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150107, Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy.
Tel.: (99873) 241-12-06, Faks: (+99873) 241-12-06.
e-mail: ilmiy-kengash@ferpi.uz