Miroslav Kloze JCh-2026 da o‘zining mutlaq rekordi yangilanishini kutmoqda
loze 2026-yilgi jahon chempionatida uning ushbu rekordi yangilanishini taxmin qilmoqda.
Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze hamon jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini o‘zida saqlab turibdi. Nemis futbolchisi hisobida 16 ta gol mavjud. Ayni paytda ushbu ko‘rsatkichga eng yaqin turgan o‘yinchilar Lionel Messi (13 ta gol) va Kilian Mbappe (12 ta gol) hisoblanadi.
Kloze 2026-yilgi jahon chempionatida uning ushbu rekordi yangilanishini taxmin qilmoqda.
"Men ushbu turnirda rekordim yangilanishini kutyapman. Ishtirokchi jamoalar soni ortishi bilan o‘yinlar soni ham ko‘payadi, bu esa gol urish uchun ko‘proq imkoniyat deganidir. Hammasi joyida, baribir qachondir bu rekord yangilanishi kerak edi. Buni Lionel Messi amalga oshirishi mumkin. Men Messining ashaddiy muxlisiman va har doim shunday bo‘lib qolaman", — dedi Kloze.
Amaldagi chempion Argentina milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Jazoir terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.