Mirobod tumanida 7 mingdan ziyod koʻchat ekildi
Navroʻz yaqin. Qutlugʻ kunni xalqimiz koʻtarinki kayfiyat, yaxshi niyatlar, ezgu orzular bilan kutib oladi.

Bu yilgi yangilanish bayramiga Prezidentimiz tashabbusi bilan “Navroʻzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Bu jihatlar bayram arafasida tashkil etiladigan hashar tadbirlarida ham oʻz aksini topmoqda.
Mana shunday shukuhli damlarda Vazirlar Mahkamasining obodonlashtirish va tozalik tadbirlarini kuchaytirish, xayriya hashari oʻtkazish haqidagi farmoyishi qabul qilindi. Zero, obod va pokiza, odamlari ahil va hamjihat yurt bayramlari doim fayzli oʻtadi.
Toshkent shahar Mirobod tuman hokimligi
matbuot xizmati 14-15-mart kunlari “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hasharining borishi haqida tezkor maʼlumot taqdim etdi.
Unga koʻra, tumandagi 39 mahallada oʻzaro mehr-oqibat va saxovatni yana-da kuchaytirish, ijtimoiy hamkorlik, begʻaraz yordam va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalarni, aholi turar joylarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Tumandagi hashar tadbirlarida hozirgacha 15 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etib, 7 mingdan koʻproq daraxt koʻchati va 20 mingdan ortiq gul ekildi. Buning uchun 30 dan ziyod texnika jalb etildi.