Mintaqamizda iqlim bo‘yicha yangi loyiha ishga tushishi mumkin
Kelgusi yilning boshida Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim bo‘yicha yangi loyiha ishga tushishi mumkin, deya xabar bermoqda "Kazinform" axborot agentligi.
Asosiy vazifa - iqlim o‘zgarishining tezlashishi fonida tuproq unumdorligini saqlashdan tiborat.
Tahlillarga ko‘ra, mintaqada yer degradatsiyasi, cho‘llanish va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kuzatilmoqda. Nemis ekologi Daniel Gereke fikricha, bu qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun xavflarni oshiradi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan qo‘shma loyiha barcha omillarni hisobga oladi, ilmiy ma’lumotlar va tahlillarga tayanadi va prognozlash vositasi sifatida sun’iy intellektdan foydalanadi.
Tashabbus ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassamlashtirib, Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanishga e’tibor qaratadi. Loyihani moliyalashtirish uchun ariza allaqachon BMTning “Yashil iqlim” jamg‘armasiga topshirilgan.
- Mintaqaning ayrim davlatlari allaqachon tuproq degradatsiyasi va sho‘rlanishi bilan yuzma-yuz, - deydi D.Gereke. - Buning yorqin misoli Orol dengizi atrofidagi vaziyat, bu suv va yer resurslarini yanada samarali boshqarish, shuningdek, strategik rejalashtirish zarurligini ko‘rsatadi. “Yashil iqlim” jamg‘armasiga yuborilgan arizasi ma’qullansa, loyiha kelasi yilning boshida boshlanishi mumkin.
G.Sattorova, O‘zA