“MinJust HR” yangi elektron tizimi yaratildi
Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan kadrlarni boshqarish innovatsion elektron tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Mazkur tizim “MinJust HR” deb nomlanib, kadrlar munosabatlariga oid ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash hamda ish yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim sifatida xizmat qiladi.
- Kadrlarni boshqarish innovatsion elektron tizimining yaratilishi, avvalambor, byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yadi, - dedi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati rahbari Feruz Jo‘rayev. - Shuningdek, inson omili minimal darajaga tushadi. Yiliga 600 million so‘m qog‘oz uchun ketadigan harajatlar tejaladi va bir kunda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflanadigan 3-4 soat vaqt keskin optimallashadi.
“MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimi Intellektal mulk agentligi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi xamda belgilangan shakldagi guvohnoma taqdim etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA