Milliy qadriyatlarimiz targ‘ib etilmoqda (+video)
Surxondaryo viloyatida yangilanish ayyomi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami davom etmoqda. Ushbu tantanalar aholi o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni yanada keng targ‘ib etish, insonparvarlik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Vohaning Boysun va Sherobod tumanlarida bo‘lib o‘tgan Navro‘z sayli tadbirlari Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
[gallery-28387]
Festivalda “Mumtoz navolar”, “Do‘stlik dasturxoni”, “An’ana va avangard”, “Bahodirlar o‘yini” va “Varraklar sayli” kabi ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi.
Tadbir yakunida Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari Sherobod tumanining “Uch yog‘och” mahallasidagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olishdi. Ularga mehr-muruvvat ramzi sifatida turli sovg‘a-salomlar ulashildi.
Navro‘z bu shunchaki fasllar almashinuvi emas, bu millat ruhining uyg‘onishi, qalblarning poklanishi, ezgulik va yangilanish bayramidir. Surxon vohasida yangragan navolar xalqimizning o‘z qadriyatlariga bo‘lgan yuksak ehtiromi va ertangi kunga mustahkam ishonchining yorqin ifodasidir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HtYyfN7Ek20" title="Milliy qadriyatlarimiz targ`ib etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA