Milliy hokkey ligasida doimiy chempionat davom etmoqda
Milliy hokkey ligasining doimiy chempionatida “Vankuver” va “Vashington” jamoalari “Rogers Arena” nomli muz saroyida raqobatlashdi.
Milliy hokkey ligasining doimiy chempionatida “Vankuver” va “Vashington” jamoalari “Rogers Arena” nomli muz saroyida raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda “Vashington” jamoasi safarda harakat qilishiga qaramasdan mezbon “Vankuver” klubini 2:5 hisobida yengdi.
Chempoinatda “Filadelfiya” oʻz uyida “Kolorado”ga 1:4 hisobida yengilgan boʻlsa, “Detroyt” ham oʻz muz saroyida “Karolina”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Vinnipeg” esa “Sent-Luis”ni qabul qilib 5:4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.