Millat fidoyilari xotirlandi
Qo‘qon shahrida ”Qatag‘on qurbonlari – millat fidoyilari” shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Z. Rahmonov va boshqalar qatag‘on qilinganlarning ayanchli taqdiri, ularning Vatan oldidagi xizmatlari haqida so‘zlab, qatag‘on qilinganlarning oqlanganlari mustaqillik sharofati ekanligini ta’kidladi.

Mustabid tuzum davrida xalqimizning ilg‘or vakillari – faol ziyolilar, yozuvchi-shoirlar, olimlar-u davlat arboblaridan ko‘plab taniqli yurtdoshlarimiz tuhmatlar bilan ayblanib, qatag‘on qilingani yillar o‘tib eslanmoqda. Mustaqillik sharofati bilan ularning aksariyati, ya’ni 850 nafardan ortig‘i oqlangandi.

Tadbirda qatag‘on qurbonlaridan Akbar Islomov, Obidjon Mahmudov, Muhammadjon Holiqiy, Muhiddin Ermatov, Muhammadali Rahmonaliyev kabilarning nevara va evaralariga bobolarining unutilmas xizmatlari uchun tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari Qo‘qon shahridagi musiqa maktabida ham bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.

N.Bozorova, O‘zA muxbiri