Migratsiya yönalişida 19 turdagi davlat xizmatlari körsatilmoqda
Respublikamizda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar soni kun sayin ortib bormoqda. Bunda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga davlat xizmatlarini körsatişda qöşimça qulayliklar yaratiş muhim omil sanaladi.
Bu borada Migratsiya va personallaştiriş departamenti tomonidan bugungi kunda 19 turdagi davlat xizmatlari körsatib kelinmoqda. Endilikda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Migratsiya va personallaştiriş departamentiga Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş vakolatini beriş nazarda tutilmoqda.
Şu kabi tartiblarni özida aks ettirgan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga migratsiya va personallaştiriş bölinmalari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi Qonunçilik palatasi majlisida birinçi öqişda körib çiqildi.
Loyiha bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş muddatlari ham aniqlaştirilmoqda. Xususan, amaldagi qonunçilikda oylar bilan belgilangan muddatlar kunlar hisobida ifodalanadi. Bunga sabab oylar 28, 29, 30, 31 kundan iborat bölgani bois davlat boji stavkasini aniqlaşda turliça yondaşuvlar hamda köplab eʼtirozlar yuzaga kelmoqda.
Şundan kelib çiqib, “Davlat boji töğrisida”gi qonun bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston Respublikasiga kiriş vizasining amal qiliş muddatida turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazganlik, şuningdek, viza muddati uzaytirilgan davrda röyxatdan ötkazişni uzaytirganlik uçun davlat boji stavkalari va röyxatdan ötkaziş muddatini aniq belgilaş nazarda tutilmoqda.
Bu - röyxatdan ötkaziş muddatlarini hisoblaşda aniqlikni taʼminlaş hamda huquqni qöllaş amaliyotida turliça talqinlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Qayd etilganidek, qonun loyihasidagi normalar çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oşirişiga yöl qöymaslik, migratsiya sohasida davlat xizmatlari körsatiş samaradorligini oşiriş hamda qonunçilikni özaro muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA