Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen vafot etdi
Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida rak kasalligidan vafot etdi deya xabar bergan uning “Vulcan Inc” kompaniyasi.
Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida rak kasalligidan vafot etdi deya xabar bergan uning “Vulcan Inc” kompaniyasi.“Biz chuqur qaygʻu bilan, kompaniyamiz asoschisi, texnologik, muruvvatli inson Pol Allenning vafot etganini eʼlon qilamiz” deyiladi kompaniya bayonotida.
Unda ilk bor 2009 yilda nexojkin limfoma(NXL) (rakning bir turi) kasalligi aniqlangan edi. Shundan soʻng Pol Allen doimiy davolanishda boʻlgan.
1975 yilda Pol Allen va Bill Geyts birgalikda Microsoft kompaniyasiga asos solishgan. Ammo Pol Allen oʻzida nexojkin limfoma kasalligi aniqlangandan soʻng kompaniyani tark etgan.