MIBning Toshkent shahar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘i bilan Nodirjon Nabidjanovich Aripov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N.Aripov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009-yilda Sud departamentining Sergeli tumani sud ijrochisi vazifasida boshlab, Sud departamentining Yunusobod tuman bo‘limi va Toshkent shahar hududiy boshqarmasida ishlagan.
Shundan so‘ng, ish faoliyatini 2017-yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasining bo‘lim va sho‘’balarida katta inspektor lavozimlarida davom ettirgan.
Keyinchalik, Byuroning Toshkent shahar Yangihayot va Uchtepa tuman bo‘limlari boshliqlari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Byuroning Olmazor tuman bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
MIB Toshkent shahar boshqarmasining sobiq rahbari A.Arziyev esa, Andijon viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zA