Mening mahallam – ishsizlikdan xoli hudud
Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan o‘quv-kursini tomomlagan bir guruh xotin-qizlarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Prezidentimizning 2023 yil 2 maydagi “2023–2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida viloyatdagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishsiz aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu qishloq va mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Arnasoy tumani 4-sektor rahbari, “Bo‘ston” MFYdagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tashabbusi bilan mahalladagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar uchun oilaviy hamshiralik va bolalar massaji yo‘nalishida o‘quv-kurslari tashkil qilindi. Uni bitirib chiqqan ayollarning bandligi ta’minlandi. Mazkur o‘quv kursi bitiruvchilariga 10 yildan buyon Jizzax shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Elegant” o‘quv markazining malakali o‘qituvchi va malakali mutaxassislari ham amaliy, ham nazariy jihatdan saboq berdi.
A.QAYUMOV, O‘zA