Meksika Chexiyani, Janubiy Afrika Respublikasi esa Janubiy Koreyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi
Uchrashuvlar yakunlandi.
Jahon chempionatining so‘nggi tur bahslari davom etmoqda.
Chexiya 0:3 Meksika
Uchrashuvning dastlabki yarim soati Chexiya terma jamoasi ustunligi ostida o‘tdi, hattoki mezbonlar raqib darvozasi tomon birorta ham zarba bera olmadi. Biroq keyinchalik vaziyat o‘zgardi. Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasida Mateo Chaves gol urib, Meksikani oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Kinyones hisobni mustahkamladi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada esa Fidalgo o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi 0:3.
JAR 1:0 Janubiy Koreya
Dastlabki turni juda ham sust o‘tkazgan Afrika qit’asi vakillari keyinchalik o‘zlariga kela boshladi. So‘nggi turda Osiyo yo‘lbarslariga qarshi maydonga tushgan JAR minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Meksika 9, JAR esa 4 ochko bilan pley-offga yo‘l oldi. Janubiy Koreya 3 ochko to‘plagan bo‘lsa. Chexiya 1 ochkoni qo‘lga kiritdi.