Mehr saxovat tadbirlari davom etmoqda
Buxoro innovatsiyalar universiteti homiyligida Shofirkon tumanidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 10 ta oilaning holidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Tuman hokimi Alisher Fayzilloyev, mutasaddilar, nuroniylar, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi xodimlari ishtirokida xonadonlarda bo‘lib ehsonlar egalariga yetkazildi.

Ehsonning katta-kichigi bo‘lmaydi. Muhimi bu ko‘rsatilgan e’tibor jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, himmat, bag‘rikenglik kabi rishtalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

–Qurbon hayiti bayramining ezguligiga hamohang tarzda bugun yordamga muhtoj tumandoshlarni yo‘qlab, ularning holidan xabar oldik, –deydi Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyev. – Yo‘qlovdan ularning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. O‘z vaqtida qilingan ehsonning savobi ulug‘ bo‘ladi.
Zarif Komilov, O‘zA