Mehnatning barakasi mehrda...
Qishloq xoʻjaligining ilk hosili pilla mavsumi barcha viloyatlarda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Qishloq xoʻjaligining ilk hosili pilla mavsumi barcha viloyatlarda uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Tabiiy ipak tola xirmoniga dastlabki hosil tusha boshlaganiga ham mana bir necha kun boʻldi.
“Oʻzbekipaksanoati“ uyushmasi xodimlari hamda mahalliy sektorlar vakillaridan iborat ishchi guruhi aʼzolari Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 60 yildan buyon ipak qurti boqishda peshqadamlik qilib kelayotgan 86 yoshli Gulchehra aya Sharipova xonadonida boʻlishdi.
Onaxon mehmonlarga umrining chorak asrdan ziyodini mana shu xayru barakali ishga sarflab kelayotganidan mamnunligini taʼkidlar ekan, bu yilgi mavsumda har qachongidan quvonganini yashirmadi.
Haqiqiy pillakor chaqaloqday parvarishi nozik jonivorlar uchun bor qalb qoʻrini bera olishi lozim. Xona haroratidagi meʼyor, ozodalik, vaqti-vaqti bilan qurtxonani shamollatib turish va shirin uyqudan kechib, hushyorlik va ixlos bilan ishlash....Uydagi kattayu kichik, qizlar va kelinlarda bu ishga mehr uygʻotish. Xullas, ipak qurti boqishda biror jihatni esdan chiqarish kerak emas.
Oldinlari ipak qurti 40 kungacha parvarishlab keyin dastaga olinardi. Mirishkor pillakorlar bu yil vaqtni boy bermadilar. 20 kun deganda qurtlar dastaga olindi. Navoiyliklar jami 25 kun ichida pilla hosilini yigʻib olib davlatga topshirishni rejalashtirib turishibdi.
Buni viloyat agropilla boshqarmasi boshligʻi Oʻtkir Navroʻzov shunday izohlaydi:
- Navoiyda “Oʻzbekipaksanoat“ uyushmasi bilan kelishilgan holda xotin qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida 2 ta yirik ishlab chiqarish kompleksi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tabiiy ipak kalavadan gilam toʻqishga ixtisoslashtirilgan sehlarda yoshlar va hunarmand xotin qizlar usta shogird anʼanalariga asosan ish yuritadilar. “XATIRCHI XAZINASI“ ishlab chiqarish korxonasi shu tartibda ish olib borib, bu yilgi eksport shartnomalari rejasini 2 barobarga koʻtarish taraddudida.
Vaholanki, bu raqam oʻtgan yili 1, 5 mln. dollarni tashkil etgandi.
Oʻtkir Navroʻzov, viloyat agropilla boshqarmasi boshligʻi:
- Bugun biz 6 ta tumanda pilla yetishtirish ishlarini olib bormoqdamiz. Konimex, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi va Karmana tumanlarida jarayon ayni qizgʻin pallada.
Zimmamizda 1 mavsum masʼuliyati katta biz 80 foiz hosilni aynan shu mavsumda yetishtirishimiz kerak. Bu degani 12 946 quti urugʻdan birinchi mavsumda 712 tonna sifatli kumush tola olish. Viloyatimizga bu yil elita urugʻlar olib kelinganligi sababli bir quti urugʻdan oʻtgan yildagiga nisbatan ancha qoʻp urugʻ jonlantirishga erishdik.
Biz pilla yetishtiruvchilarni quvontirgan yana bir jihat, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kambagʻal oilalarga 1 qutidan ipak qurti tarqatishi natijasida koʻplab iqtisodiy koʻmakka muhtoj oilalar mavsum boshidayoq dastlabki daromad manbaiga ega boʻlishgani . Muhimi ular tafakkurida ipak qurti parvarishi har bir oila uchun qoʻshimcha daromad manbai ekanligiga ishonch uygʻondi.
5 ming 55 quti ipak qurti olib ipak qurti parvarishi bilan mashgʻul boʻlgan oilalar ichida Xatirchi tumanining yana bir ilgʻor mirishkorlaridan Husniya Boymurodova ham bor.
Har yilgi mavsumni intiqlik bilan kutayotgan bu oila uchun pilla yetishtirishning zavqi oʻzgacha.
Husniya Boymurodova kasanachilar oʻtinidan tortib, roʻzgʻorni qishin yozin poliz mahsulotlari kartoshka sarimsoq piyoz, loviya, pomidor, bodring va yana bir yillik ish staji kabi yaratib berilayotgan har tomonlama qulay sharoitlardan xursand.
Navoiyliklar bu yil pilla hosilidan 4 mln. 500 ming AQSH dollari miqdoridagi eksport shartnomalariga erishishni rejalashtirmoqda.
Navoiy viloyatida joriy mavsumda 4 ta mavsumida 16 ming 183 quti ipak qurti parvarishlanib, 890 tonna pilla xomashyosi yetishtirish koʻzlanmoqda. 799 fermer xoʻjaliklarida bugun 1662 ta kasanachilar bilan qayta ishlash korxonalari tomonidan kontraktatsiya shartnomalari imzolangan. Ayni pallada ipak qurti parvarishining birinchi mavsumi qizgʻin pallada. 12 ming 10 nafar fermerlar, ishsizlar... 1 ming 200 nafar kasanachilar... jami 13 271 jami ipak qurti boquvchilari bilan ichki mehnat shartnomalari tuzildi.