Mehnat migratsiyasida yangi imkoniyat va marralar
Kuni keça davlatimiz rahbari Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati bilan tanişdi. Şuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilinib, sohaga oid bir qator vazifalar belgilab berildi.
Bugun dunyo mehnat bozorida malakali kadrlarga talab ortib borar ekan, yurtdoşlarimizni oddiy işçi kuçi sifatida emas, balki zamonaviy kasb-hunarga ega, xorijiy tillarni biladigan mutaxassis sifatida tayyorlaş dolzarb ahamiyatga ega. Ana şunday vaziyatda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar alohida örin tutadi.
Bu borada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Mohira Xöjayeva öz fikr-mulohazalarini bildirdi:
— Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni til va kasb-hunarga maqsadli tayyorlaş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda belgilangan vazifalar mamlakatimizda bandlik siyosatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Davlatimiz rahbari yiğilişda çet elda işlaş istagidagi fuqarolarni aniq iş örinlariga tayyorlaş zarurligini, bugungi global mehnat bozorida raqobat tobora kuçayib borayotgan bir şaroitda fuqarolarimizni şunçaki xorijga işga yuboriş emas, balki ularni zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va yuqori malakaga ega mutaxassis sifatida tayyorlaş eng muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.
Ingliz tilidan sertifikatga ega 200 mingga yaqin yoşlarni AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boşqa davlatlarda işlaşi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş zarurligi ham aytib ötildi. Prezidentimiz öz nutqida çet tillarini biliş yuqori daromadli iş topişning asosiy şartlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, Germaniya bilan hamkorlikda nemis tili va kasb-hunarni birgalikda öqitiş, har bir hududda yagona migratsiya markazlarini taşkil etiş, texnikumlar faoliyatini xorijiy iş beruvçilar talabiga moslaştiriş böyiça belgilangan vazifalar eʼtiborga molik. Bu yondaşuv taʼlim tizimi bilan mehnat bozori örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlab, yoşlarimiz va iş izlayotgan fuqarolar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Şu bilan birga, xususiy bandlik agentliklarining masʼuliyati va natijadorligini oşiriş, xorijda işlayotgan yurtdoşlarimizning huquqlarini himoya qiliş, ularning muammolariga tezkor yeçim topiş mexanizmlarini kuçaytiriş ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, «Onlayn mahalla» platformasi orqali har bir fuqaroning ehtiyoji, kasbiy salohiyati va işga joylaşiş jarayonini kuzatib boriş imkoniyati yaratilişi tizimli yondaşuvning amaliy ifodasidir.
Uşbu yiğilişning muhim jihatlaridan biri — bu mehnat migratsiyasiga faqat xorijda iş bilan taʼminlaş masalasi sifatida emas, kasbiy salohiyat va oilaviy farovonlikni oşiriş omili sifatida xam qaralayotganligi. Xorijda tajriba orttirib qaytgan fuqarolarni munosib iş bilan taʼminlaş, ularning bilim va könikmalaridan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirişda foydalaniş ham dolzarb vazifadir.
Umuman, mazkur yiğilişda belgilangan vazifalarning izçil amalga oşirilişi yurtdoşlarimizning xorijda munosib mehnat qilişi, yuqori daromad topişi, huquq va manfaatlari işonçli himoya qilinişiga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA