MDH o‘yinlarida vakillarimizdan ilk oltin medal
Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan uchinchi MDH o‘yinlari doirasida stenddan otish bo‘yicha hamyurtimiz Azamat Qayumov oltin medal sohibiga aylandi
Shuningdek, sambo sport turi bo‘yicha kechgan shiddatli bahslarda -53 kg vazn toifasida hamyurtimiz Gamzat Maksetbayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.

MDH o‘yinlarining birinchi kunida 7 nafar bokcchimiz ringga ko‘tarildi. Aniqrog‘i, Ruxshonabonu Ahadova, Nazokat Mardonova Rushanabonu Isoyeva, Behruz Rohataliyev, Bobomurod Boymirzayev, Dilshod Ahmadjonov va Xurshidbek Jo‘rayev o‘z vazn toifalarida ilk g‘alabasiga erishdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA