Maxsus-taktik o‘quv mashqi doirasida ichki yo‘llar shag‘allandi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida “Obodonlashtirish va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha viloyat favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzuida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
[gallery-12177]
Unga Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, avtomobil yo‘llari, shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalari va “Toza hudud” DUKning 220 dan ziyod kuch hamda vositalari jalb qilindi.
Tadbir doirasida Birlashgan va Fayzliobod mahallalari hududidagi 2,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga tosh-shag‘al aralashmasi to‘kilib, maxsus texnikalar yordamida tekislandi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA