Maxsus Olimpiadada vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Shu kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida aqliy rivojlanishi sust boʻlgan insonlar oʻrtasida Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Shu kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida aqliy rivojlanishi sust boʻlgan insonlar oʻrtasida Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.Mazkur turnirda Oʻzbekiston delegatsiya ham muvaffaqiyatli ishtirok etayapti. Kechagi bellashuvlarda terma jamoamizning quyidagi sportchilari shohsupaga koʻtarildi:
Dmitriy Nesterenko (suzish) – oltin,
Dmitriy Korshunov (yengil atletika) – oltin,
Mariya Loginova (badminton) – kumush,
Valeriy Novichkov (yengil atletika) – bronza.
Taʼkidlash joiz, vakillarimiz Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayni paytgacha 9ta oltin, 6ta kumush va 12ta bronza medallarini jamgʻargan. Jami 23 nafar atletdan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, dzyudo, suzish, badminton, stol tennisi, yengil atletika kabi sport turlarida oʻz omadini sinab koʻrmoqda. Musobaqalar ertaga yakunlanadi.