Mavlonov Nurali Sherali o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish» mavzusida
Mavlonov Nurali Sherali o‘g‘lining 13.00.08 – «Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» ixtisosligidan «Raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 25-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 64-uy, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, 2-qavat kichik majlislar zali.
Tel./faks: (99871) 150-01-27; faks: (99871)150-01-27;
E-mail: info@mdomoi.uz