Matonatli shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashmoqda
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Sirojiddin Zayniddinov 3 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Qit’aning 10 dan ziyod davlatidan matonatli va irodali shaxmatchilar ishtirok etayotgan shaxmat bahslari 9 ta turdan iborat bo‘lib, 17 noyabrga qadar davom etadi.
Ortda qolgan tur o‘yinlarida hamyurtlarimizdan Sirojiddin Zayniddinov o‘z guruhida 3 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Sardorbek Mamarajabov, Ilhom Ergashev, Abbos Eshmuratov, Sabohat Ikromaliyeva, Aynura Izentayeva va Bobur Do‘stmurodov kerakli ochkolarga ega bo‘lgan holda o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Bugun, 13 noyabr kuni qit’a chempionatining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA