Mask Venesuela Prezidenti chaqirig‘ini qabul qildi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ijtimoiy tarmoq orqali Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning jangga chaqiruvini qabul qildi.
– Qabul qilaman, – deya izoh bergan milliarder Maduro uni jangga chorlagani haqidagi xabarni eshitib. – Agar men g‘alaba qozonsam, u iste’foga chiqadi. Agar u g‘alaba qozonsa, Marsga bepul sayohat taqdim etaman.
Avvalroq Maduro Maskni Venesuelaning “ashaddiy dushmanlari” qatoriga kiritib, tashqi kuchlar saylovga aralashganini aytgan. Venesuela milliy televideniyesi orqali, jumladan, shunday degan:
– Mushtlashishni xohlaysanmi? Qani, kel, Ilon Mask! Men sendan qo‘rqmayman.